Magistraturaga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
• oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetda o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
• qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;
- hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;
- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;
- Hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;
- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;
- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;
- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);
- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);
- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;
- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi;
Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:
- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;
- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;
- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;
- mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;
- abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiyaga berishi mumkin. Apellyasiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
MAGISTRATURAGA QABUL NIZOMI