Dekan va koordinatorlar ishtirokidagi Oliy ilm-fan maktabi quyidagi huquqlarga ega:
-universitetning tarkibiy bo’linmalaridan oliy ilm-fan maktabi vakolatlari doirasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallarni (ma’lumotlar, hisobotlarni) taqdim etishni talab qilish;
- o’z faoliyati masalalari bo’yicha boshqa tashkilotlar bilan o’z vakolatlari doirasida va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor bilan kelishilgan holda o’zaro hamkorlik qilish;
- magistrantlar, doktorantlar va tadqiqotchilarga o’quv va konsalting xizmatlari bo’yicha masalalarni hal qilish uchun universitet bo’limlarining muvofiqlashtiruvchi yig’ilishlarini tashkil etish;
- o’z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;
-oliy ilm-fan maktabining ish rejasini shakllantirish;
- berilgan vakolatlar, amaldagi qonun hujjatlari, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish to’g’risidagi ushbu Nizom va Universitet Ustavi doirasida boshqa masalalarni hal etish.