Skip to main content

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kitobxonlik kechasi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

 “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu kitobxonlik kechasi davomida talabalar turli adabiyotlarni birgalikda o‘qib muhokama qildilar. Tadbirda kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlarning bilim doirasini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

 Kitobxonlik kechasida talabalar o‘zlari tanlagan asarlar yuzasidan taqdimotlar qilishdi va taassurotlari bilan bo‘lishishdi. Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini  rivojlantirishdir.

 #Dolzarb_90_kun

  

“Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori ostida 5000 qadam sport-marafon o‘tkazildi

 

 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi.

  

“Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu marafonda talabalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida 5000 qadam piyoda yurish faoliyatini amalga oshirdilar. Tadbir davomida talabalar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar va ijobiy kayfiyatda marafonni yakunladilar.

  

Sport-marafon ishtirokchilari ushbu tashabbusni iliq kutib olib, uning muntazam davom etishini va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

 

 SamDAQU Axborot xizmati

 

Telegram Instagram Facebook YouTube Linkedin