Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari
1. Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
QR kodli diplom shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
talabalarning parolini tiklash;
talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.
2. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.
3. Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
4. Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
qayta oʻqishga shartnoma berish;
stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
hisob varagʻini shakllantirib berish;
talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.
5. Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.
6. Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
talabalarga universitetda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.
Talabalar bo‘limi 2023-yil 1-avgustda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universiteti rektorining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
Talabalar bo‘limi quyidagi funksional vazifalarni bajaradi:
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
2. Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv - tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
3. Universitet laborotoriya mashg‘ulotlarini o‘tilishini va laborotoriya jixozlar to‘g‘risidagi xatlar ijrosini ta’minlash;
4. Professor-o‘qituvchilarning taqsimotini nazorotga olish;
5. Nashr rejalarni bajarilishini nazorotga olish;
6. Fan dastur va sillabuslarning kafedralar tamonidan bajarilishini nazorotga olish;
7. Soatbay haq to‘lanadigan professor-o‘qituvchilar uchun blanklar buyruq loyiha (ariza, tabel, reyestr) tayyorlash;
8. Dars jadvalini shakllantirish hamda dars jadvallari haqida talabalarga ma’lumot taqdim etish;
9. Akademik qarzdor talabalami aniqlash va qayta o‘qish dars mashg‘ulotlarini tashkil etish;
10. Universitet tasarrufidagi akademik litsey va texnikumlar o‘quv faoliyatini nazorotga olish;
11. O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
12. O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
13. O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
14. O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
15. O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni
texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
16. Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Talabalar bo‘limi manzili: SamDAQU, Bosh bino, 1 qavat, 103 xona
Talabalar bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Isrofilov Firdavs |
bo‘lim boshlig‘i. |
Asosiy |
2. |
Turdiyeva Fazilat |
mutaxassis |
Asosiy |
3. |
Norboyev Nodir |
mutaxassis |
Ichki oʻrindosh |
4. |
Eshmurodov Odil |
mutaxassis |
Asosiy |
5. |
Elmurodov Baxodir |
mutaxassis |
Ichki oʻrindosh |
6. |
Chorshanbiyev Choriyor |
mutaxassis |
Asosiy |
7. |
Norullayev Asliddin |
mutaxassis |
Asosiy |
8. |
Sobirova Dildora |
mutaxassis |
Asosiy |