Skip to main content

OLIY ILM-FAN MAKTABI TARIXI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 416-sonli qarorining asosiy maqsadi arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan o’zgartirish, xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishdan iborat. Qarorga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan “Oliy ilm-fan maktabi”ni tashkil etish vazifasi qo’yildi.

Shu maqsadda 2023-2024 o’quv yilida Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti qoshida “Oliy ilm-fan maktabi” tashkil etildi. Oliy ilm-fan maktabi negizida ilmiy darajalar berish bo’yicha Ilmiy kengashlar tuzilib, ularning faoliyati yo’lga qo’yildi.