Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Pekin Qurilish va Arxitektura Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Aqlli shaharlar” mavzusidagi Xalqaro yozgi maktabga talabalar tanlovi e’lon qilinadi!
O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 3–12-iyul
Joy: Xitoy, Pekin shahri
Mashg‘ulot tili: Ingliz tili (kamida B2 daraja talab qilinadi)
Yozgi maktab nimalarni o‘z ichiga oladi?
Arxitektura va Shaharsozlik;
GIS va Masofaviy Zondlash;
Qurilish muhandisligi;
Atrof-muhit fanlari va muhandisligi;
Qurilishni boshqarish;
Robototexnika va Sun’iy intellekt.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) bosqichida; o‘qiyotgan SamDAQU talabalari;
Ingliz tilini B2 darajasida biluvchilar;
“Aqlli shaharlar” mavzusiga qiziqqan, faol va tashabbuskor talabalar.
Kerakli hujjatlar:
Motivatsion xat (Ingliz tilida, maksimum 1 sahifa);
Ingliz tilidagi CV (Europass formatida);
Til darajasini tasdiqlovchi hujjat (yoki universitet tavsiyanomasi);
Transkript (baholar varaqasi).
Ariza topshirish muddati:
2025 yil 11-iyun, soat 11:00 ga qadar;
Arizalar elektron va qog‘oz variantda SamDAQU Xalqaro aloqalar bo‘limiga topshiriladi.
2025 yil 11-iyun kuni ishtirokchilar bilan ekspertlar tomonidan suhbat o'tkaziladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 3 nafar eng yuqori ko‘rsatkichga ega ishtirokchining barcha xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
SamDAQU Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
Tel.: +998 97 549 40 00 – Avezov Humoyun.