Skip to main content

O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM

Yavuz Tokmak

Yavuz Tokmak

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: +99(866) 237 10 42

O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM HAQIDA

O‘quv-uslubiy bo‘lim arxitektura, shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashda institut kafedralari hamda tegishli bo‘lim va xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ta’lim jarayonini rejalashtiradi, nazorat qiladi va boshqaradi.

Boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qiladi, sohadagi ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va umumlashtirib, zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etadi. O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rahbarligida dekanat va kafedralar bilan hamkorlikda ish yuritadi. Bo‘lim o‘z faoliyati va vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan joriy ishlari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga hisobot beradi.

 

Bo‘limning asosiy vazifalariga:

  • o‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o‘quv jarayoniga to‘laqonli tatbiq etish;
  • o‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va takomillashtirish;
  • o‘quv rejasi va dasturlar asosida o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirish;
  • o‘quv yillari uchun o‘quv jarayoni jadvalini tuzish, dars jadvallarini tuzishni tashkil etish, o‘quv jarayonini zarur me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash;
  • o‘quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimi, test nazorati va boshqa o‘quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressiv usullarini tatbiq etish;
  • auditoriya fondlari va ma’ruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
  • talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha xulosalar chiqarish, yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida institut bo‘yicha institut Kengashiga hisobot tayyorlash;
  • institut Kengashi, rektorat majlislari, o‘quv-uslubiy Kengashga o‘quv ishlari bo‘yicha ma’lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlashda ishtirok etish;
  • o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha yuqori tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, ko‘rsatma va tavsiyalarini jumladan, ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari, farmoyishlarini va joriy ko‘rsatmalarini dekanat, kafedra va institutning boshqa bo‘limlarida bajarilishini nazorat va tahlil qilish;
  • o‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • muddatli buyurtmalar: guruh jurnali, o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi, baholash daftarlari, talabalik guvohnomasi va o‘quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta’minlanishini nazorat qilish;
  • kafedra va fakultetlarda o‘quv ishlariga mas’ullar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminar-trening, maslahatlar tashkil etish;
  • talabalar kontingentini aniqlash;
  • dekanatlar va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va boshqalar kiradi.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari guruhlarga ajratilib, faoliyat olib borish uchun sharoitlar yaratilgan.

 

O‘quv jarayonini tashkil etish va tahlil etish guruhi bo‘lim boshlig‘i boshchiligida ish olib boriladi va uning vazifalariga institutda o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahliliy materiallar tayyorlash, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan rektor buyruq va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, talabalarining mashg‘ulotlarga qatnashishlari, o‘zlashtirish darajasi borasida ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil va nazorat qilish, davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatini tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish, o‘quv rejasining bajarilishi, mustaqil ta’lim soatlarining samarali o‘tishini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, institut rahbariyatining ko‘rsatmalarini kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarga yetkazish, shuningdek institut kafedralari va boshqa OTMlarda o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalarida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalar va usullarni o‘rganish va institut o‘quv jarayoniga joriy etish kiradi.

 

O‘quv jarayonini rejalashtirish guruhining asosiy vazifasi:

  • ta’lim jarayoniga amaldagi o‘quv rejalari, institut Kengashi qarorlari, institut rahbariyatining ko‘rsatmalari, davlat ta’lim standartlarini tatbiq etish;
  • ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • o‘quv yuklamalari, professor-o‘qituvchilarning taqsimoti;
  • kafedralarda o‘quv yili va semestrlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat va tahlil qilish;
  • barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy nazorat hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi jadvallarini tuzish;
  • bo‘limning o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi, institut o‘quv jarayonining jadvali hamda o‘quv yiliga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi, pedagogik nazorat va mashg‘ulotlarga o‘zaro qatnashish hamda ochiq mashg‘ulotlar jadvallarini tuzishdan iborat.

 

Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini tashkil etish guruhi professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va salohiyatini oshirish, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Bosh ilmiy-metodik markaz va tayanch OTMlarda tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazlariga yuboriladigan pedagog kadrlarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlik tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yuborish, ularning o‘quv yuklamasini to‘g‘ri rejalashtirilishini nazorat qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida ochiq darslar, seminar-trening, master-klasslar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarning tegishli yo‘nalishlarda qaytadan kurslarda o‘qishi va attestatsiyada ishtirok etishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

 

Hozirgi kunda institutda 4 ta fakultetmagistratura bo‘limi hamda 25 ta kafedra mavjud bo‘lib, 20 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 14 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalarga 479 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.

 

Vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarning lavomzimlariga qo'yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to'g'risida

Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bo'limini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Qarori “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirining buyrug‘i “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizmini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida"

O'quv jarayon jadavali 2019-2020

O‘quv jarayon jadvali 2020-2021

 

Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxasislikalari Klassifikatori 

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to'grisidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oliy ta'lim muassasasi professor o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz shogird" ishlarini belgilash qoidalari

2019 yilda o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi hamda tinglovchilar kontingentini tasdiqlash

Arxitektura 5-bosqich bitiruvchi talabalarini "Mutaxassislik" fanlaridan Davlat attestatsiyalarini topshirish grafigi

Oliy ta'lim muassasalarida bakalavlarning bitiruv malakaviy ishini bajarashiga qo'yiladigan

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ БИТИРУВЧИЛАРИНИНГ ЯКУНИЙ ДАВЛАТ АТТЕСТАЦИЯСИ ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМГА ЎЗГАРТИРИШЛАР КИРИТИШ ҲАҚИДА

Самарқанд давлат архитектура - қурилиш институти  кенгашининг 2019 йил 9 июль 8 сон қароридан к ў ч и р м а

Yangi o'quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmani tavsiya etish

 

2020-2021 oʻquv yilida 1 kurs taʼlim yoʻnalarishi uchun FANLAR  KATALOGI