Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) tasarrufidagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining 2001 yil 25 sentyabrdagi 093-sonli qaroriga muvofiq aspirantura va doktorantura ochilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ixtisosliklar bo‘yicha aspirant va doktorantlarni ishdan ajralgan holda tayyorlash hukukiga ega.
Ilmiy-pedagogik tayyorlash (aspirantura va doktorantura) bo‘limining eng muhim vazifasi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun aspirant(doktorant)larga kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash va aspirant (doktorant) larning shaxsiy ishlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishdir.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorlash (aspirantura va doktorantura) bo‘limining asosiy vazifalar bo‘lib quyidagilar belgilangan:
aspirantura va doktoranturaga tegishli hukumat hukmlarini, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va direktiv idoralarning qaror va farmoyishlarini hayotga tatbiq qilish;
tanlov asosida aspirantura va doktoranturaga qabulni tashkil etish, hamda aspirant, doktorant va tadqiqotchilarni markaziy ilmiy korxonalar va oliy ta’lim o‘quv yurtlariga yuborish;
aspirant va doktorantlarning ish rejalari va dissertatsiya ishlarining ilmiy mavzularini o‘z vaqtida tasdiqlanishini tashkil etish.
Ushbu bo‘limni ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i boshqaradi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i SamDAQI ilmiy ishlari bo‘yicha prorektoriga bo‘ysinadi va SamDAQI rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod etiladi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i va xodimlari o‘z ishlarida quyidagi xujjatlarga amal qiladilar:
amaldagi qonunchilikka (shaxsiy ishlarini qabul qilishda va rasmiylashtirishda);
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qaror va farmoyishlariga;
Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha asosiy qoidalariga;
SamDAQI nizomiga.