Skip to main content

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri

Bugun 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir doirasida xush kayfiyat ulashuvchi raqs va musiqiy chiqishlar, shuningdek, ijodkor va iste’dodli yoshlar ishtirokida ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Shuningdek, universitetning ijtimoiy hayotida faol va tashabbuskor talabalar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.