Skip to main content

II Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2 yilligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-sonli “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, 2024-yilning 8-noyabr kuni “Ilg‘or muhandislar va arxitektorlar: barqaror rivojlanish uchun ilm-fan va ta’limni modernizatsiya qilish” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

 

  • Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi: 
  • arxitektura, shaharsozlik, dizayn sohalarida mavjud muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari;
  • madaniy meros obyektlarini asrash va regeneratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar;
  • qurilish, mexanika, atrof-muhit, mehnatni muhofaza qilish va salomatlik, geomatika muhandisliklari tizimlari muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari va istiqbollari;
  • iqtisodiyot va muhandislik sohalari boshqaruv tizimini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
  • kompyuter grafikasidan foydalanishning xalqaro tajribalari va tizimni takomillashtirish muammolari;
  • arxitektura va muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning muammmo va yechimlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tajribalari.

 

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz;

 

Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar 5-6 sahifa hajmdagi va puxta tahrirlangan materiallarini 2024-yil 5-noyabrga qadar u.malikov@samdaqu.edu.uz elektron manziliga yoki +998(33)772-52-00 (Malikov Ulug‘bek) telefon raqamidagi telegram messenjeriga elektron ko‘rinishda taqdim etishlari mumkin.