Bugundan boshlab universitetimizda 2024/2025-o‘quv yilining bahorgi semestri birinchi oraliq nazorat haftaligi rasman boshlandi. Ushbu nazoratlar talabalarning semestr davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash, o‘quv jarayonining samaradorligini tahlil qilishda muhim bosqich hisoblanadi.
Oraliq nazoratlar imtiyozli baholash tizimi asosida, shaffoflik va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilgan holda oldindan tasdiqlangan jadval asosida barcha fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Har bir auditoriyada nazorat jarayoni monitoringi kuchaytirilib, talabalar uchun imkoniyatlar tengligi ta'minlanmoqda.
Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar tomonidan nazoratlarning to‘liq ochiq va shaffof o‘tishi qat’iy nazoratga olingan. Bu orqali bilimli va mas'uliyatli yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tizim amalda tatbiq etilmoqda.
Ushbu haftalikda ishtirok etayotgan barcha talabalarga kuch-g‘ayrat, yuksak natijalar va omad tilaymiz!