Skip to main content

2025-2026-o‘quv yili: tanishuv haftaligiga start berildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun “Orientation Week 2025” tanishuv haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz nutq so‘zlab, 1-bosqich talabalarini unutilmas onlar  – talabalik davri boshlanayotgani bilan qutladi va o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. 

 

2025/2026-o‘quv yilining dastlabki 2 haftasida universitetda “Orientation week 2025” tanishuv haftaligi loyihasi doirasida bir qator ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Loyihaning asosiy maqsadi – talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘maklashish, yoshlar uchun tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish.