Skip to main content

2025/2026-o‘quv yilgi SUPER-KONTRAKT bo‘yicha yangiliklar va o‘zgarishlar

 

Muhim o‘zgarishlar:

 Super kontrakt uchun 10 foizlik chegirma bekor qilindi;

Giper kontrakt (56,7 balldan past to‘plaganlar uchun) bekor qilindi;

6-yo‘nalishda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha 5 ta yo‘nalishga hujjat topshirib, super kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega;

2, 3, 4 va 5-ustuvorlikka tavsiya etilganlar ham 1-ustuvorlik bo‘yicha super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi (endi 1,5x; 2x; 2,5x; 3x ko‘paytmalar bekor);

Grantga qabul qilinganlar ham 1-ustuvorlikni super kontrakt asosida tanlashlari mumkin;

Agar abituriyent 1-ustuvorlikka qabul qilingan bo‘lsa, 2-3-4-5-ustuvorliklarga hujjat topshira olmaydi;

Agar 5 ta ustuvorlikdan birortasiga ham kira olmasa, abituriyent istalgan yo‘nalishga ball farqiga qarab ariza topshira oladi;

Maqsadli kvota asosida qabul qilinganlar boshqa ustuvorliklarga ariza topshira olmaydi.