Skip to main content

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni nishonlandi

Bugun, 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir doirasida so‘z mulkining sultoni — Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ona tilimizning buyukligi, uning boy tarixiy merosi, bugungi kundagi o‘rni va davlat hamda jamiyat rivojidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

 

Shuningdek, tadbirda tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilinib, ishtirokchilarda yuksak faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.