Skip to main content

50 YILDAN SO‘NG QAYTA UCHRASHUV – SAMDAQUDA TARIXIY LAHZA!

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining (hozirgi SamDAQU) 1975-yilgi bitiruvchilari oradan yarim asr o‘tib, yana qadrdon dargohlarida jam bo‘lishdi!

 

Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan faxriy bitiruvchilarni universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz samimiy tabriklab, bu uchrashuvni ilm, sadoqat va qadriyatlar timsoli ekanligini e’tirof etdi.

 

Tadbirda shuningdek ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzod Uzoqov va talabalar ishtirok etishdi.

 

Bitiruvchi Yanbo‘latov Rashid Munirovich (Moskva sh.) iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdi:

"1970-1975-yillarda bu dargohda tahsil olganman. 50 yildan so‘ng yana shu muhtasham binolar bag‘rida turish baxti – beqiyos tuyg‘u! O‘sha paytda bizga butun Ittifoqdan eng malakali o‘qituvchilar saboq bergan. SamDAQI dong‘i hammaga ma’lum edi! Bu dargohdan dunyo miqyosidagi mutaxassislar chiqqan. Meni o‘zim dastlab O‘zbekistonda kiyinchalik Yugoslaviya va Rossiya davlatlarining yirik korxonalarida quruvchi, bosh muhandis lavozimlarida, Mudofaa vazirligining harbiy loyihalarida faoliyat yuritdim."

 

Tadbir yakunida bitiruvchilar universitet muzeyiga esdalik sovg‘a topshirishdi, o‘z navbatida universitet tomonidan ham ularga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

 

Bu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylik, ustoz-shogird an’analari va sadoqat ramziga aylandi.