“Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi”
mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
Maqsad:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni, fuqarolarning erkinligi va farovonligini taʼminlashdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni aniqlash va rag‘batlantirish.
Tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Universitet talabalari;
Magistrantlar;
Tadqiqotchilar;
Tayanch doktorantlar.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
Hajmi: 5–6 varaq;
Shrift: Times New Roman, 14 o‘lcham;
Qator oralig‘i: 1,15;
Xat boshi: 1,0 sm;
Dolzarblik aniq yoritilishi shart;
Ko‘chirmachilik qat’iyan man etiladi.
Maqolalar IMRAD talablari asosida quyidagi tartibda tayyorlanadi:
Sarlavha, muallif(lar) F.I.SH., annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, o‘rganilish darajasi, metodologiya, natijalar muhokamasi, xulosa va foydalanilgan manbalar.
Maqolalarni topshirish muddati:
2025-yil 30-noyabrga qadar.
Telegram raqami: +998 99 846 86 25
(maksimum 3 nafar muallif yoki yakka mualliflik).
G‘oliblarni taqdirlash:
G‘oliblar 2025-yil 4-dekabr kuni universitet faollar zalida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda e’lon qilinadi va maxsus rag‘batlantiriladi