Skip to main content

O'ZBEK TILI VA ADABIYATI

Qurbonov Abdumalik Uzoqboyevich

Qurbonov Abdumalik Uzoqboyevich

Kafedra mudiri

Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari) 

Telefon: (91) 520-30-85

Kafedra tarixi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Tillar kafedrasi 1966 yildan boshlab faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedra institut tillar kafedrasi tasarrufidan 1969 - yilda ajralib, “Rus va chet tillari” nomi bilan ish boshlagan. 2004 yil noyabr oyida Institut ilmiy kengashi qarori asosida “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi bilan “Chet tillar” kafedrasi qoʻshilib, “Tillar” kafedrasi deb nomlangan. 2011 yil sentabrdan kafedra “Tillarni o’rganish” deb atala boshladi. 2018 yildan esa “Oʻzbek va xorijiy tillar” nomini oldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 117-son Qaroriga muvofiq 2020 yil 14 avgustda boʻlib oʻtgan 7-8 son institut Ilmiy kengashi qaroriga asosan “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashkil etildi.

Hozirda kafedraga oʻzbek tili oʻqituvchisi Kurbonov Abdumalik Uzoqboyevich rahbarlik qilib kelmoqda.“Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasida oʻzbek va rus tillaridan amaliy mashgʻulotlar oʻtiladi. Hozirgi kunda kafedramizda 16 nafar professor-oʻqituvchilar ishlaydi. Ularning 12 nafari rus tili, 4 nafari oʻzbek tillaridan amaliy mashgʻulotlar olib borishadi. Shuningdek, kafedrada hozir 6 nafar katta oʻqituvchi, 8 nafar o’qituvchi va 2 nafar stajyor-oʻqituvchi hamda 1 nafar o’quv yordamchi xodimlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi-45 yosh boʻlib, ilmiy salohiyat 8 % ni tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida kafedra a’zolaridan Usmon Sanaqulov doktorlik dissertasiyasini, himoya qilgan. Kafedrada soʻnggi 20 yil maboynida 50 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, monografiyalar, lugʻatlar, soʻzlashgichlar va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra a’zolari xalqaro, Respublika va viloyat ilmiy anjumanlarida faol qatnashib kelmoqdalar. Kafedra professor-oʻqituvchilari aqliy hujum, muammoli oʻqitish, kichik guruhlarda ishlash, tarqatma, koʻrgazmali va texnika vositalardan foydalanib o’qitish kabi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib amaliy mashgʻulotlar olib borishadi. Shuningdek, kafedra oʻqituvchilari orasida Ustoz-shogird faoliyati yaxshi yoʻlga quyilgan. Bulardan tashqari kafedra a’zolari institutda tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashadilar.

Soʻnggi paytarda “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi  oʻqituvchilari SamDAQI qoshidagi akademik lisey hamda texnikum bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.