Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli Moskva davlat yer tuzish universiteti o‘rtasida 2023-yil 4-mayda imzolangan 4-sonli hamkorlik shartnomasi asosida akademik almashinuv dasturi izchil davom ettirilmoqda.
Ushbu shartnoma bo‘yicha 2024-yil 29-maydagi 1-sonli bayonnoma asosida universitetlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan reja asosida 2024-yil 6–20-dekabr kunlari SamDAQU talabalari Moskva davlat yer tuzish universitetida akademik almashinuv dasturida ishtirok etdilar. Dastur davomida talabalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya va uskunalarda, tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Dars jarayonlarining bir qismi masofaviy shaklda davom ettirilishi kelishib olindi.
Akademik mobillik dasturi doirasida bugun Moskva davlat yer tuzish universitetining Yer tuzish va kadastr, hamda Arxitektura yo‘nalishlarining o‘qituvchi va talabalari SamDAQUga tashrif buyurib, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida amaliy mashg‘ulotlarga kirishdilar.
9-apreldan 23-aprelga qadar xorijiy mehmonlar nafaqat o‘quv jarayonida ishtirok etish, balki ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Samarqandning tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.