I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston Davlat texnika universitetining “Geodeziya va masofadan zondlash” yo‘nalishi talabalari joriy yilning 1–10-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bazasida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
Bugun xorijlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning adaptatsiya jarayoni hamda akademik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida chet ellik talabalarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.