2025-yil 9–23-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat yer tuzish universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lishdi.
Akademik mobillik dasturi Qurilish fakultetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasi va Arxitektura fakulteti Arxitektura kafedralarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tashrif davomida 6 nafar talaba hamda o‘qituvchilar darslarda faol ishtirok etdi, ilmiy-amaliy faoliyat bilan shug‘ullandi.
Ular Samarqand va Buxoroning boy madaniy merosi bilan tanishishdi hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishdi.
Tashrif yakunida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xorijlik talabalarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirdi hamda talabalarning kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Ilm-fan va ta’limda chegara yo‘q – xalqaro hamkorlik davom etadi!