Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati tashabbusi bilan talabalar buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi hamda Bogʻi Dilkushodagi tarixiy ko‘shkni ziyorat qilishdi.
Ziyorat davomida talabalar Amir Temurning buyuk ishlari, bunyodkorlik siyosati va ushbu meʼmoriy yodgorliklarning tarixiy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, SamDAQU huzuridagi akademik litsey bilan hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Amir Temur shaxsiyati, siyosati va tarixiy merosi haqida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, universitetning besh tashabbus markazi faollar zalida hamda 1- va 4-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati ham tashkil qilindi.