28-29-may kunlari Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida birinchi forum bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Juramirza Qayumov ishtirok etdi.
Forum doirasida uchta nufuzli Ozarbayjon universitetlari: Boku davlat universiteti, Ozarbayjon texnika universiteti va Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi, qo‘shma fakultetlar va ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, rektorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, mavjud yutuq va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etildi.