Skip to main content

“Antikorrupsiya” talaba-yoshlar klubi faoliyati muhokama qilindi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi qoshida faoliyat yurituvchi “Antikorrupsiya” talaba-yoshlar klubi 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Klub koordinatori Beknazar Abdukarimov klubga yangi qabul qilingan a’zolar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi mutaxassisi Musavvara Ibragimova klubning asosiy vazifalari haqida tushunchalar berdi.

U quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish zarurligini ta’kidladi:

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga “nol” darajadagi toqatsizlikni shakllantirish.

Targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish: davra suhbatlari, fleshmoblar, tanlovlar va boshqa loyihalar.

Korrupsiyaning mazmun-mohiyati va kelib chiqish sabablari haqida keng omma bilan ishlash.