Kafedra 1969 yilda “Arxitektura nazariyasi va tarixi kafedrasi” nomi bilan tashkil topib, dastlab unga tarix fanlari doktori, prof. A.Nilsen mudirlik qilgan. 1972-2011 yillarda kafedrani arxitektura nomzodlari, dosentlar Yu.Z. Shvab, Yu.V. Sirkunov, D.A. Nozilov, A.A. Xusainova, Ye.X. Isroilov, arx.f.doktori, prof. M.K. Axmedov, arx.dok., prof. A.S. Uralovlar boshqargan. 2011-2018 yillarda esa kafedrani T.F. Kushmanov va I. T. Maxmatqulovlar rahbarlik qilib kelgan, 2018-2020 yillarda D.M. Mirzayev kafedra mudiri vazifasihi bajaruvchi sifatida ishlab kelib, 2020 yildan boshlab kafedra tanlov asosida kafedra mudiri lavozimiga saylanib rahbarlik qilmoqda. 2023 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish inistiti transformatsiya jarayonida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti maqomini olib shu yil 10 - avgustdan “Arxitektura nazariyasi va tarixi kafedrasi” nomi «Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi» kafedrasi nomiga o’zgartirilgan holda D.M. Mirzayev rahbarligida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 12 ta professor-o’qituvchi va 1 ta ish yurituvchi xodim ishlamoqda. Shulardan fan nomzodi, dotsent -1 ta, Arxitektura bo’yicha falsafa doktori (PhD) -1ta, dosent vazifasini bajaruvchi –1 ta, katta o’qituvchilar – 3 ta, o’qituvchilar – 4 ta va 1 - ta stajyor o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi.
Kafedra fanlari bugungi kunda uning nomidan kelib chiqqan holda shakllantirilib, ularda asosan Konservatsiya va restavratsiyaga kirish,Texnik chizma, Bezatish texnikasi, Kompyuterda chizish, Arxeologik yodgorliklar va ularni tahlil qilish, Eskiz chizish texnikasi, Arxitekturaviy restavratsiyada loyihalash, Akademik tadqiqotlar va yozish usullari, Madaniy boyliklarni hujjatlashtirish va saqlash, Shaharlar regeneratsiyasini loyihalash, Arxitektura yodgorliklari restavratsiyasini loyihalash, Shaharsozlikni loyihalash fanlaridan talabalarga nazariy va amaliy bilimlar beriladi, kurs ishlari va loyihalari bajariladi. Kafedrada jami 20 dan ziyod fanlar bo’yicha darslar o’tilib, har yili o’rta hisobda 8000-9000 soat o’quv yuklamasi bajariladi..
“Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 41 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 18 % ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda kafedra o’qituvchilari Lukmonov Dilshod Kilichevich. Karimova Nurxon Abduboqeyevna, Fozilova Zarifa, Qodir qizi. Odilova Fayoza .Odil qizi, Bobomurodova Mashura Azimovna, Zubaydullayev Ulug’bek Ziyodulloyevich, Nurmuradova Yulduz Bozorovnalar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
“Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” kafedrasi tizimida
Bakalavr: 60730800- Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi
Magistratura: 70730103- Arxitektura nazaryasi va tarxi
Doktorantura: 180001- Arxitektura nazaryasi va tarxi arxitektura yodgorliklarini tiklash. ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxasis chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416 son qarorining 2-ilova universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish boʻyicha Yoʻl haritasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32-sonli bayonida ko‘rsatilgan muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ijrosini amalga oshirish, o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, yosh va iqtidorli olimlar bilan ishlash va ularni salohiyatini oshirish choralarini ko‘rilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, so‘nggi 3 yil maboynida 11 dan ortiq darslik va o’quv qo‘llanmalar, monografiyalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, universitetda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 5 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, OAK roʻyhatidagi jurnallarda 30 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 4 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.
Kafedra manzili: SamDAQU, Madaniy meros fakulteti 1- qavat, 17 xona
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor - o‘qituvchilar va o‘quv
yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Mirzayev D. M. |
Kafedra mudiri |
Asosiy |
2. |
Qayumov H, I. |
Dotsent |
Asosiy |
3. |
Zubaydullayev U. Z. |
Dotsent v.b. |
Asosiy |
4. |
Juraeva E. E. |
Katta o’qituvchi |
Asosiy |
5. |
Nurmurodova Y. B. |
Katta o’qituvchi |
Asosiy |
6. |
Fozilova Zarifa |
Katta o’qituvchi |
Asosiy |
7. |
Luqmonov D. |
Katta o’qituvchi |
Asosiy |
8. |
Haydar Pekgo’z |
O’qituvchi (Turkiyadan) |
Asosiy |
9. |
Odilova F. O. |
O’qituvchi |
Asosiy |
10. |
Karimova N. |
O’qituvchi |
Asosiy |
11. |
Eshmuradov O.A. |
O’qituvchi |
Ichki oʻrindosh |
12. |
Bobomurodova M. |
Stajyor o’qit. |
Asosiy |
13. |
Kuysinova Farangiz |
Ish yurituvchi |
Asosiy |