Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada sohaning yetuk mutaxassislari, xorijiy va mahalliy olimlar, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbirda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar va muhokamalar tashkil etildi:
Atrof muhit va iqlim o‘zgarishini monitoring qilish;
Chiqindilarni qayta ishlash orqali yashil energiyani rivojlantirish;
Suv resurslarini muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari;
Atrof muhit va iqlim o‘zgarishi sohasida kadrlar tayyorlash muammolari;
Arxitektura va qurilishda ekologik muhofaza texnologiyalari.
Konferensiya davomida ekologik barqarorlik, innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi va atrof muhitga ta’sirini kamaytirish masalalari yuzasidan qimmatli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur xalqaro anjuman atrof-muhit sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ekologik muammolarga ilm-fan asosida yechim topish hamda tajriba almashuvini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.