2025-yil 2-sentyabrdan 22-sentyabrgacha Xitoy Xalq Respublikasida “Bir makon, bir yo‘l” dasturi doirasida xalqaro ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov mazkur seminar doirasida Jinhua Kasb-hunar texnologiya universitetida bo‘lib, ta’lim jarayonlari, ilg‘or tajribalar va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.