Bugun yurtimizda ulug‘ sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari keng nishonlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bezatilgan sahna, davlat madhiyasining yangrashi va Vatanga bag‘ishlangan she’riy kompozitsiyalar bilan boshlandi. Ishtirokchilar — faxriylar, xodimlar, targ‘ibotchilar hamda yoshlar — Vatan ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat va sadoqatlarini ifoda etdilar.
Ma’rifat qismida Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi haqida slaydlar namoyish etildi, badiiy qismda esa she’rlar, videoroliklar va sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.