Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda universitet jamoasi, talabalar, ularning ota-onalari hamda SamDAQUni avvalgi yillarda tamomlagan bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Bayramona tus olgan ushbu oqshomda musiqiy chiqishlar, ijodiy sahnalar va qiziqarli o‘yinlar mehmonlarga quvonchli daqiqalarni taqdim etdi.
Bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi;
A’lo baholar bilan o‘qishni yakunlagan iqtidorli yoshlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi;
Bilimi va namunali xulqi bilan ajralib turgan talabalar ota-onalariga universitet nomidan tashakkurnomalar topshirildi;
Shuningdek, 2024–2025-o‘quv yilida universitet rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi xodimlar e’tirof etildi.
Bitiruvchilar oqshomi — har bir bitiruvchi uchun unutilmas kechaga aylandi. Ularning kelgusi hayotida muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin!