Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov, universitet profilaktika inspektori, kapitan Timur Karimov, Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimi, podpolkovnik Tolib Abduvaliyev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida giyohvandlik moddalari iste’molining inson hayoti va salomatligiga yetkazadigan zararli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, giyohvandlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayanchli holatlar aniq misollar asosida talabalarga tushuntirildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.