Skip to main content

“Biz yoshlar giyohvandlik va OITSga qarshimiz!”

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida OIV infeksiyasi bo‘yicha yoshlarning xabardorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrachepidemiologi O‘ktam Nurullayev, Talabalar dekani Sherzod Bozorov, talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, universitet profilaktika inspektorlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.

 

Davra suhbatida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Sog‘lom hayot tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati;

Giyohvandlik va OITSga qarshi kurashish, ularning salbiy oqibatlari;

Psixofaol moddalarning salomatlikka ta’siri va ularning noqonuniy tarqalishini oldini olish;

Yoshlar orasida profilaktik bilimlarni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.

 

Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi, axborot bukletlari tarqatildi va ishtirokchilar mutaxassislar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi.

 

Ushbu targ‘ibot ishlari orqali yoshlarimizni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, kasalliklarning oldini olish va zararli odatlardan ogoh qilish maqsad qilingan. Bunday tashabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi.