Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida: "Biznes marafon" motivatsion treningi va “Bir talabaga – bir loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.
Hurmatli talabalar, o‘zingizni sinab ko‘rish, orzularingiz sari dadil qadam tashlash va biznes g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish fursati keldi.
Tanlov shartlari:
Har bir talaba 1 ta ijodiy yoki biznes g‘oyasi bilan ishtirok etadi;
G‘oya ijtimoiy foydali, innovatsion yoki tadbirkorlik yo‘nalishida bo‘lishi lozim;
Eng yaxshi g‘oyalar ekspertlar tomonidan tanlab olinadi va rag‘batlantiriladi.
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
Mutaxassislar bilan bepul maslahatlar;
G‘oyani amaliyotga joriy etishda ko‘mak;
Sovg‘alar va sertifikatlar.
Sana: 21-avgust, 2025-yil.
Joy: SamDAQU bosh bino, 519-auditoriya (offline va online).
Boshlanish vaqti: 10:00
Loyihalarni yuborish: +998 93 344 20 89 (Telegram orqali)