Skip to main content

“Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi”

O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan joriy yil aprel oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi. Ushbu dolzarb tashabbus bilan “Adolat” SDPsi korrupsiya illatiga qarshi kurashni butun jamiyat miqyosida yanada kuchaytirishni maqsad qildi.

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi hamkorligida kuni kecha “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 

 

Seminar-treningda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Uzokov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i Ravshan Davirov “Adolat” SDPsi Samarqand viloyat kengashi rais o‘rinbosari Asqar Xoliqov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot shu‘basi bosh maslahatchisi Nargiza Fayziyeva, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

 

Seminar-trening orqali korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bol’uvchi jirkanch illat ekanligi ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashda jamiyatning barcha qatlamlari birlashishlari lozimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, seminar – trening davomida Arxitektura fakulteti 2-bosqich talabasi Komronbek Muhammedovning “Mening hayotimda korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.