Skip to main content

Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosim avvalida yapon va o‘zbek talabalar hamda professor-o‘qituvchilar hamkorligida qurilgan choyxonalarning bunyod etilish jarayonini o‘zida aks ettirgan videorolik namoyish qilindi.

 

Shundan so‘ng universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Yaponiyaning Setsunan universiteti professori Dr. Takeshi Shiratori va Arxitektura fakulteti dekani Dr. Dilnoza Kamalova ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

 

Tadbir davomida yaponiyalik talabalar o‘zbek tilida, o‘zbekistonlik talabalar esa yapon tilida workshop haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

 

Ortda qolgan deyarli uch hafta davomida talabalar nafaqat yangi amaliy bilim va tajriba orttirdilar, balki mustahkam do‘stlik rishtalarini bog‘lab, bir-birlarini sog‘inishlarini ham ta’kidladilar.