Kunning ikknchi yarmida universitet rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida joylashgan Chang‘an universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Chang‘an universiteti vitse prezidenti professor Fan Wen hamda fakultet dekani va bo‘lim boshliqlari kutib oldi.
Uchrashuvda so‘z olgan universitet prezidenti, professor Fan Wen ushbu tashrifdan mamnunligini va xalqaro hamkorlik uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga, shuningdek, SamDAQU va Chang‘an universitetlari o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumi doirasida rejalashtirilgan ishlarni bajarilishini ta’minlashga imkoniyat yaratilishini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz respublikamizda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan chuqur islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlikka berilayotgan e’tibor, shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik uchun salohiyati, imkoniyatlari to‘g‘risida ham batafsil to‘xtaldi. Bu borada universitetlar o‘rtasida ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari (magistrlik va PhD doktorlik) bilan shug‘ullanuvchi izlanuvchilar va olimlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Memorandum doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishda universitetlar o‘rtasida ishchi guruhlar tuzishga kelishib olindi.
Shuningdek, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida SamDAQUning “Qurilish” va “Atrof-muhit muhandisligi” mutaxassisliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni Chang‘an universitetiga qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslariga yuborishga kelishib olindi.





