Skip to main content

“DEKAN KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “mini futbol” turi bo‘yicha “DEKAN KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi. 

 

Musobaqa davomida fakultetning sakkiz jamoasi g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar, musobaqa qizg‘in vaziyat va his-tuyg‘ularga boy o‘tdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

 

1 - o‘rin: “Biznesni boshqarish-1” jamoasi;

2 - o‘rin: “Biznesni boshqarish-2” jamoasi;

3 - o‘rin: “Ko‘chmas mulkni boshqarish” jamoalari qo‘lga kiritdilar.

 

G‘olib va sovrindorlar fakultet ma’muriyati tomonidan diplom va dekan kubogi bilan taqdirlandilar.

Sport musobaqalari yoshlarimizning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga hamda jamiyatimizda sportning nufuzini yanada ko'tarishga xizmat qiladi.