Skip to main content

DIQQAT! AKADEMIK MOBILLIK DASTURI UCHUN TANLOV!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2025–2026-o‘quv yili uchun 1 semestr muddatga xorijiy nufuzli universitetlarda o‘qish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi!

Akademik mobillik dasturi orqali talabalar yetakchi ilmiy tashkilotlar va universitetlarda qisqa muddatli o‘quv amaliyotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ishtirok etish shartlari:

1, 2 yoki 3-bosqich talabalari bo‘lishi;

Xorijiy tilni yaxshi bilish (xalqaro yoki milliy til sertifikati afzallik beradi);

Yuqori GPA (fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari).

 

Taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar:

Xorijiy pasport nusxasi;

Europass formatida tuzilgan CV - europass CV link (https://europa.eu/europass/eportfolio/screen/cv-editor?lang=en);

Xalqaro yoki milliy til sertifikati nusxasi;

HEMISdan yuklab olingan fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari.

 

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 10-maygacha

Manzil: Bosh bino, 1-qavat, 109-xona (Xalqaro aloqalar bo‘limi)