O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-dekabrdagi 824-sonli qaroriga muvofiq, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalariga akademik qarzlarni topshirish uchun qayta o‘qish tashkil etilmoqda.
Ariza topshirish muddati:
Joriy yil 1-aprelgacha
HEMIS axborot tizimi orqali
MUHIM ESLATMALAR:
Qayta o‘qish faqat bahorgi semestr fanlari uchun tashkil etiladi (kuzgi semestr fanlari uchun emas).
Agar fanlar jadvali boshqa darslar bilan ustma-ust tushsa, qayta o‘qish tashkil etilmaydi.
Ariza topshirishda prerekvizit (old shart) fanlar ketma-ketligiga rioya qilish shart. Ya’ni, oldingi fan o‘zlashtirilmagan bo‘lsa, keyingi fan uchun ariza berish mumkin emas.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Universitet registrator ofisi yoki tegishli dekanatga murojaat qilishingiz mumkin.