Skip to main content

DIQQAT E'LON: “Ilhom” mukofoti tanlovi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-sonli qaroriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 118-son buyrug‘iga muvofiq, talabalarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovining (https://drive.google.com/file/d/1x4YazN4i1LdWOXpfhEZINQ5afPIUovAu/view?pli=1) birinchi bosqichi o‘tkazilishi belgilangan.

 

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tanlovning dastlabki bosqichi test savollari asosida tashkil etiladi.

Tanlov tafsilotlari:

Sana: 2025-yil 14-aprel

Vaqt: 17:00

Manzil: Bosh bino, 424-xona

  

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodovaga murojaat etishlari mumkin: @Talaba_klublari_bolimi

 

Eslatma: Tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi.