Skip to main content

Dramali motivatsiya:

Ba’zida siz yashashni xohlayotgan hayot haqida uylash, erinchoqlikdan qutulishingiz uchun uchun yetarli emas. Siz yashashni xohlayotgan uy, haydashni xohlayotgan mashina, ishlashni xohlayotgan joy, uylanishni xohlayotgan qiz-ayol, har yili u davlatdan bu davlatga sayohat qilish. ba’zida bu narsalarni tasavvur qilish sizni o‘rningizdan turib o‘qishga, ishlashga majburlash uchun yetarli emas. 

 

Menda sizga bita taklif bor. Vaqti-vaqti bilan yashashni, xohlamaydigan, hayotingizni ham tasavvur qilib turing. Barcha og‘riqlar, yurak siqilishlari, har doim qarzdor bo‘lib yurish, odamlardan pul so‘rab, yordam berishini iltimos qilishga majbur bo‘lish. Ayolingiz ham har xil joylarda har xil odamlar bilan ishlashga majbur bo‘ladigan iqtisodiy qiyinchilikda yashash, farzandingiz kasal bo‘lganda yaxshi shifokorga ko‘rsata olmaslik, ota-onangiz sizga muhtoj bo‘lganda, ularga hech narsa qilib bera olmaslik, shu narsalarni ham xayoldan o‘tkazing. 

 

Vaqtlar o‘tib yoshingiz bir joyga borganda eh shuncha narsa qilishim mumkin edi-ku deb afsuslanishni tasavvur qiling. Rizqingiz kelishi uchun qilishingiz kerak bo‘lgan barcha sabablarni qilmasangiz yashashga majbur bo‘ladigan hayotni o‘ylang. Balki o‘rningizdan turib mehnat qilishga bu yordam berar!

 

Sardor OTAYOROV

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti psixologi.