Skip to main content

DXX kubogi viloyat final bosqichi g‘olibi aniqlandi

Bugun Samarqand shahridagi “Dinamo” o‘yingohida futbol bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining viloyat final bosqichi o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Final o‘yinini tomosha qilish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 300 nafarga yaqin xodimlari va talaba-yoshlari tashrif buyurishdi.

Unda Ishtixon tumanining Qoraqishloq mahallasi jamoasi Qo‘shrabot tumanining Shovona mahallasi jamoasini penaltilar seriyasida 7:6 hisobida mag‘lub qilib, DXX kubogi viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 

Shuningdek, DXX kubogi musobaqasining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Rahimov va boshqa mas’ullar  ishtirok etdi.

Futbol va mini futbol bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.