Skip to main content

Eko-innovation - 2025

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 17-sentyabr kuni ekologik muammolar yechimiga bagʻishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tadi. 

 

18–35 yosh oralig‘idagi talabalar, magistrlar va doktorantlar qatnashishi mumkin;

Har bir ishtirokchi/jamoa faqat bitta loyiha bilan qatnashadi;

Jamoalar 2–3 kishidan iborat bo‘lib, ixtisoslashgan yo‘nalishlarda bilim va tajribaga ega talabalar ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlov yo‘nalishlari:

Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;

Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar.

 

Loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

Ekologik muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi;

Texnik prototip yoki model taqdim etilishi;

Iqtisodiy samaradorlik va ekologik foyda asoslangan bo‘lishi;

Resurslardan samarali foydalanish, energiya tejamkorlikni ta’minlash.

 

Mukofot jamg‘armasi:

1-o‘rin – 6 000 000 soʻm (respublika bosqichiga yo‘llanma);

2-o‘rin – 4 000 000 soʻm;

3-o‘rin – 2 000 000 soʻm.

 

Manzil: SamDAQU Inkubatsiya markazi, Bosh bino 114-xona

Sana: 17-sentyabr

Vaqt: 10:00