Skip to main content

"Ekologiyaga oid bilimlar kuni"

2025-yil 15-aprel kuni respublikamizda "Ekologiyaga oid bilimlar kuni" nishonlanishi munosabati bilan 15-aprel kuni "Ekologiyaga oid bilimlar kuni" respublika aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya doirasida bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet prorektorlari Juramirza Qayumov, Sherzod Uzoqov va Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdi.

 

Bellashuv so‘ngida g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari taqdirlandi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – talabalarning ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarini oshirish hamda yoshlar orasida ekologiyaga bo'lgan munosabat va madaniyatni mustahkamlashdan iborat.