Kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan barcha talabalar diqqatiga!
2025-yil 25-oktabr-5-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining https://survey.hemis.uz/
veb-saytida ta’lim jarayoni sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi.
So‘rovnomadan maqsad — oliy ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar fikrini o‘rganish va sifatni oshirishdir.
shu munosabat bilan barcha kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalarni ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga, jarayonning shaffof o‘tishiga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz!
Sizning fikringiz muhim — kelajakdagi o‘zgarishlar aynan sizning takliflaringiz asosida amalga oshadi!