Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrugʻiga ko'ra Uzrli sabablar bilan oraliq nazoratlarga qatnasha olmagan talabalar joriy yilning 13-noyabr kuniga qadar asoslovchi hujjatlar (talabalarning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi (kasalligi) sababli, nogironligi mavjud talabalarning mavsumiy tibbiy ko’rikdan o‘tishi sababli, talabaning nikoh to‘yi sababli, talabaning yaqin birinchi darajali qarindoshining to‘yi yoki vafoti sababli, tabiiy ofatlar yoki baxtsiz hodisalar sababli, xorijlik talabalarning viza muddatlarining tugashi sababli)ni taqdim etgan holda tegishli fakultet dekanatlari hamda registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.