Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri Zafar Fayziyev tomonidan Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun "Energiya tejamkorligi" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur dars davomida o‘quvchilar energiya tejamkorlikning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar. Energiya samaradorligi nafaqat iqtisodiy foyda keltirishi, balki ekologik muammolarni kamaytirishda ham muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar o‘quvchilarni bilim va innovatsiyalarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.