Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz hamda uning xitoylik hamkorlarini qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda investitsiya masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari tomonidan bugungi kunda ilm-fan rivoji mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotganligini, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bu boradagi qo‘shma dasturlari, investitsiya loyihalari e’tirof etildi.
Shuningdek, yangi massivlar barpo etilib, qurilish sohasidagi ishlar ko‘lami kengayib borayotgan Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalar kiritilayotgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi va xorijlik investorlarning hamkorligi yaxshi samara berayotganligi ta’kidlandi.