Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqilgan islohotlar dasturlari hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihalarining keng jamoatchilik muhokamasi va targʻibotini tashkil etish maqsadida talabalar oʻrtasida “Fikrlar marafoni” tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ochiq muloqot, erkin fikr almashuvi va muhokamalar ruhida oʻtgan “Fikrlar marafoni” yoshlarning mamlakatimiz kelajagiga daxldorligini yana bir bor namoyon etdi. Bildirilgan taklif va gʻoyalar davlat siyosatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.