Fransiyaning “MEDEF International” ishbilarmonlik harakati qoshidagi “O‘zbekiston-Fransiya” kengashi rahbari, “Orano” kompaniyasi raisi K.Imoven boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar Shirin direksiyasida Samarqand viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyev bilan uchrashib, iqtisodiy hamkorlik istiqbollari va investitsion loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Fransiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyati va kelgusidagi rejalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Arxitektura fakulteti dekani Dr. Dilnoza Kamalova va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Universitet vakillari xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati, moliyaviy model va hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berishdi. SamDAQU qoshidagi loyiha ofisi orqali kelajakdagi hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Fransiyaning “MEDEF International” tashkiloti dunyoning turli mamlakatlari bilan biznes va investitsion aloqalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq fransuz kompaniyalarini birlashtiradi. Ushbu tashrif xalqaro investitsiya aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.