Skip to main content

Fransiya elchisi Samarqandda

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk janoblari Samarqand shahriga tashrif buyurib, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida kelgusida ekologik muammolar ustida ishlash, mintaqaning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.