Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida AQSHning Denver universiteti professori Dr. Paul C. Sutton va Dr. Sharolyn Anderson tomonidan “GAT texnologiyalaridan foydalanib, sun’iy yo‘ldoshdan olingan tungi suratlar orqali atrof-muhitni o‘rganish” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari ishtirok etib, GAT texnologiyalarining zamonaviy qo‘llanilishi, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida ekologik muammolarni tahlil qilish borasida qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.